Kursda biz Adobe Premiere Pro dasturida ishlaymiz.
Quyida Adobe Premiere Pro dasturini o‘rnatish va kursni o‘tkazish uchun kompyuteringizga qo‘yiladigan minimal tizim talablarini topasiz.
Windows. Intel yoki AMD protsessor (CPU)
Intel 6-avlod (I5 yoki I7) yoki undan zamonaviyrog’i. Intel 6-avlod Skylake deb nomlanadi va 2015-yildan beri ishlab chiqariladi.
AMD Ryzen 1000 seriyasi (Ryzen 5, Ryzen 7) yoki undan zamonaviyrog’i. AMD Ryzen 1000 seriyasi 2017-yildan beri ishlab chiqarilmoqda.
Operatsion tizim:
Windows 10 (64-bit) V22H2 yoki undan keyingi versiya.
Operativ xotira (RAM)
8 GB yoki undan yuqori.
Videokarta (GPU)
2 GB yoki undan yuqori.
Qattiq disk:
Dasturni o‘rnatish uchun 8 GB bo‘sh joy va kurs materiallari uchun 10-15 GB joy kerak bo‘ladi. Premiere dasturini tashqi disk yoki fleshkaga o‘rnatib bo‘lmaydi.
Mac OS
Intel yoki Apple silicon protsessor (CPU)
Intel 6-avlod (I5 yoki I7) yoki undan zamonaviyrog’i.
Apple silicon M1 yoki undan zamonaviyrog’i.
Operatsion tizim:
MacOS Monterey (12-versiya) yoki undan keyingi versiya. (Adobe MacOS 11.0 (Big Sur) va undan oldingi operatsion tizim versiyalarini qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatgan).
Operativ xotira (RAM)
8 GB yoki undan yuqori.
Videokarta (GPU)
Intel: 2 GB yoki undan yuqori.
Qattiq disk:
Dasturni o‘rnatish uchun 8 GB bo‘sh joy va kurs materiallari uchun 10-15 GB joy kerak bo‘ladi. Premiere Pro dasturini tashqi disk yoki fleshkaga o‘rnatib bo‘lmaydi.
Kompyuterga qo‘yiladigan tizim talablarining to‘liq ro‘yxatini Adobe Premiere Pro rasmiy veb-saytida ko‘rishingiz mumkin:
https://helpx.adobe.com/premiere-pro/system-requirements.html